- Ilm-fan

TA’LIM SOHASIDAGI TASHABBUSLAR

O‘zbek Tashabbuskorlar Markazi mamlakatimiz taraqqiyoti uchun ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratish zarur deb hisoblaydi.


Bugungi kunda O‘zbekistonda yuqori malakali mutaxassislar, yetakchilar, menejerlar, shifokorlar va turli sohalardagi professional kadrlarga ehtiyoj juda katta.
Shu sababli Markaz yoshlarimizning xorijda, nufuzli oliygohlarda ta’lim olishlarini ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni o‘zining muhim vazifalaridan biri sifatida belgilagan.
Xususan, siyosatshunoslik, huquqshunoslik, iqtisodiyot, muhandislik, me’morlik, marketing, tibbiyot, pedagogika, matematika, fizika, kimyo va axborot texnologiyalari sohalarida ta’lim olishni istagan yoshlar uchun Kanada oliy o‘quv yurtlarida bakalavriat, magistratura va aspirantura dasturlariga kirishda ko‘maklashish rejalashtirilmoqda.
Shu maqsadda Kanada ta’lim muassasalari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda O‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus grantlar ajratish bo‘yicha muzokaralar olib borish ko‘zda tutilgan.
Markaz rejalariga quyidagilar ham kiradi:
— talabalarni Kanada universitetlariga joylashtirish;
— ularning moddiy ta’minotini qisman qo‘llab-quvvatlash;
— eng iqtidorli talabalarni maxsus stipendiyalar bilan ta’minlash.
Dastlabki talablarga ko‘ra, IELTS imtihonidan kamida 6.0 ball olgan yoshlar ushbu dasturlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin.
Loyiha hozirda ishlab chiqish bosqichida. Qabul jarayoni boshlanishi haqida ommaviy axborot vositalari orqali rasmiy e’lon beriladi. Loyihani amalga oshirish uchun alohida idora va mas’ul xodimlar tayinlanadi.
Talabalar Kanadada tahsil olayotgan davrlarida ham Markaz tomonidan ularning o‘qish sifati va yashash sharoitlari muntazam ravishda kuzatib boriladi.
Loyihaning asosiy maqsadi — ta’limni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarning O‘zbekistonga qaytib, mamlakat iqtisodi va jamiyat rivojiga o‘z hissalarini qo‘shishlarini ta’minlashdan iborat.
Hurmat bilan,
Shoira Hasan
O‘zbek Tashabbuskorlar Markazi raisasi

Izoh qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Xabarnomamizga obuna bo'ling

Eng so‘nggi maqolalardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish uchun xabarnomamizga obuna bo‘ling!

Email: contact@uzbekmarkaz.com

Tel: +1 226 700 2840, +1 513 362 9793, +1 226 637 3367

O’zbek Tashabbuskorlar Markazi – 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.