Firibgarlar olgan kreditlar amnistiyasi — fuqarolar huquqini himoya qilish yo‘lida muhim qadam !
Toshkent, 3 aprel 2026 — O‘zbekistonda fuqarolarni kredit firibgarligi oqibatlaridan himoya qilish maqsadida muhim qaror qabul qilindi. Adliya vazirligi va Markaziy bank rahbarligi tomonidan e’lon qilingan yangi tartibga ko‘ra, firibgarlar nomiga rasmiylashtirilgan onlayn-kreditlar uchun javobgarlik fuqarolardan olib tashlanadi.





