Bugun har qanday millatning ertangi kuni uning yoshlariga, ularning dunyoqarashi, tafakkuri va bilim saviyasiga bog‘liq. Shu ma’noda, Oʻzbek Tashabbuskorlar Markazi hamda BOʻM oldiga juda muhim vazifani qo‘ygan: yoshlarni ilmli qilish, tafakkurli tarbiyalash va millatni taraqqiyot sari yetaklaydigan avlodni shakllantirish. Chunki taraqqiyot tasodifan kelmaydi. U ilm bilan, tarbiya bilan,
kitob bilan, ongli fikr bilan bunyod bo‘ladi.
Bizning eng katta boyligimiz — bu tabiiy resurslar emas, balki fikrlaydigan, izlanuvchan va mas’uliyatli yosh avloddir.

Shu bois Oʻzbek Tashabbuskorlar Markazi va BOʻM faqat bugunni emas, balki ertangi milliy uyg‘onish poydevorini barpo etishga intilmoqda.
Kelajakni qurol emas, ilmli avlod quradi. Millatni tasodif emas, tafakkur yuksaltiradi.
Shoira Hasan Oʻzbek tashabbuskorlar markazi va BOʻM rahbari

