• Bosh Sahifa  
  • Ikki oyda 1 mlndan ziyod o‘zbekistonliklar chet elga safar qildi
- Migratsiya

Ikki oyda 1 mlndan ziyod o‘zbekistonliklar chet elga safar qildi

2026 yil yanvar–fevral oylarida 1 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qildi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning dastlabki ikki oyida 1 081 612 nafar o‘zbekistonlik chet elga borgan.

Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 49,3 ming nafarga oshgan.

Statistikaga ko‘ra, o‘zbekistonliklar eng ko‘p qo‘shni davlatlarga sayohat qilgan. Xususan, Qirg‘izistonga 426 421 nafar, Tojikistonga 179 390 nafar va Qozog‘istonga 166 017 nafar fuqaro borgan.

Shuningdek, Saudiya Arabistoni (115 350 nafar), Rossiya (62 054 nafar), Turkiya (34 634 nafar) va Birlashgan Arab Amirliklari (26 449 nafar) ham eng ko‘p tashrif buyurilgan davlatlar qatoriga kirgan.

Bundan tashqari, Tailand (10 946 nafar), Xitoy (8 890 nafar) va Misr (8 872 nafar) ham o‘zbekistonliklar tomonidan ko‘p tanlangan yo‘nalishlardan bo‘lgan.

Chet elga safarlar sonining ortishi aholining daromadlari oshib borayotgani, turizm imkoniyatlarining kengayishi va transport aloqalarining yaxshilanishi bilan bog‘liq.

Izoh qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Xabarnomamizga obuna bo'ling

Eng so‘nggi maqolalardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish uchun xabarnomamizga obuna bo‘ling!

Email: contact@uzbekmarkaz.com

Tel: +1 226 700 2840, +1 513 362 9793, +1 226 637 3367

O’zbek Tashabbuskorlar Markazi – 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.